date

Platini: FIFA meni yoʻq qilmoqchi boʻldi

Platini: FIFA meni yoʻq qilmoqchi boʻldi

Fransuz futbolining afsonaviy yarim himoyachisi va UYEFAning sobiq rahbari Mishel Platini korrupsiya ayblovlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Shveysariya prokurorlari nafaqaga chiqqanlaridan keyin FIFAda ishlashni xohlashgan.

Bu haqiqiy mafiya, barcha ishlar bir xil odamlarning qo‘lida. Ular meni yo‘q qilishga qaror qilishdi.

Ammo bu ishni ular uddalay olmadi”, – deydi Platini Il Messaggero‘ga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mishel Platini moliyaviy firibgarlikda ayblangan edi, ammo uning aybini isbotlashga muvaffaq bo‘linmadi.

Fransuz funksioneri 2007-yildan 2016-yilgacha UYEFAni boshqargan. Futbolchilik faoliyati davomida Platini “Nansi”, “Sent-Eten”, Turinning “Yuventus” klublarida hamda Fransiya terma jamoasida o‘ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Platini: FIFA meni yoʻq qilmoqchi boʻldi