PSJ yarim himoyachisi maydonga qaytmoqda

PSJ yarim himoyachisi maydonga qaytmoqda
Qisqacha

PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruiz jarohatidan forig' bo'lib, yaqin orada maydonga qaytishi mumkin. 29 yoshli ispaniyalik futbolchining Fransiya chempionati 10-turida, chorshanba, 29-oktyabr kuni Loriyan klubiga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Fabian joriy mavsum Frantsiya chempionatida beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruiz jarohatidan forigʻ boʻlib, yaqin orada futbol maydoniga qaytishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Fransiya chempionati 10-turida Loriyan klubiga qarshi oʻtkaziladigan oʻyinda ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur bahs chorshanba, 29-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Fabian joriy mavsum Frantsiya chempionatida beshta oʻyinda maydonga tushib, oʻz hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qoʻygan. Liga 1da sakkiz turdan keyin PSJ 17 ochko toʻplagan.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda va peshqadam boʻlgan Marsel klubidan bir ochko ortda qolmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar