date

Rossiya Peru va Chili bilan o‘ynash uchun tarkibni e'lon qildi

Rossiya Peru va Chili bilan o‘ynash uchun tarkibni e'lon qildi
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoaning Peru va Chili terma jamoalariga qarshi bo‘ladigan BetBoom do‘stlik o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi. Ro‘yxatga jami 39 nafar futbolchi kiritilgan.

Darvozabonlar: Matvey Safonov (PSJ, Fransiya), Aleksandr Maksimenko (Spartak), Stanislav Agkatsev (Krasnodar), Denis Adamov (Zenit), Maksim Borisko (Baltika), Anton Mitryushkin (Lokomotiv). Himoyachilar: Ilya Vaxaniya, Viktor Meloxin (ikkalasi - Rostov), Maksim Osipenko (Dinamo, Moskva), Igor Diveev, Danil Krugovoy, Matvey Lukin (barchasi - CSKA), Aleksandr Silyanov, Evgeniy Morozov (ikkalasi - Lokomotiv), Ruslan Litvinov (Spartak), Mingiyan Beveev (Baltika), Yuriy Gorshkov (Zenit).

Yarim himoyachilar: Danil Glebov, Daniil Fomin (ikkalasi - Dinamo, Moskva), Aleksandr Chernikov, Nikita Krivtsov (ikkalasi - Krasnodar), Nail Umyarov (Spartak), Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov, Kirill Glebov (barchasi - CSKA), Aleksey Batrakov, Dmitriy Barinov, Danil Prutsev (barchasi - Lokomotiv), Konstantin Kuchaev (Rostov), Aleksey Miranchuk (Atlanta Yunayted, MLS), Maksim Glushenkov, Andrey Mostovoy (ikkalasi - Zenit), Aleksandr Golovin (Monako), Lechi Sadulayev (Axmat), Arsen Zaxaryan (Real Sosedad, Ispaniya). Hujumchilar: Ivan Sergeev (Dinamo, Moskva), Dmitriy Vorobyov (Lokomotiv), Tamerlan Musayev (CSKA), Aleksandr Sobolev (Zenit).

Eslatib o‘tamiz, do‘stlik o‘yinlari 12 va 15-noyabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadi. So‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Karpin jamoasi Boliviya ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya Peru va Chili bilan o‘ynash uchun tarkibni e'lon qildi