
Sobiq "Bavariya" darvozaboni va klub rahbariyatining sobiq aʼzosi Oliver Kan "Bavariya"ning Nikolas Shlotterbekni transfer qilmaslik qarorini eslab oʻtdi. Myunxen klubi markaziy himoyachini "Frayburg" safida oʻynagan vaqtida tarkibga qoʻshishni rejalashtirgan edi.
Ammo natijada futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubiga oʻtib, dunyoning eng talabgir markaziy himoyachilaridan biriga aylandi. "Ha, "Bavariya" Shlotterbekni sotib olishi mumkin edi.
Oʻsha paytda u "Frayburg"da oʻynayotgan edi va kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak edi. Lekin u juda yosh boʻlgani uchun biz boshqa nomzodga eʼtibor qaratdik", – dedi Kan Sky Sportga bergan intervyusida.
Ayni paytda "Bavariya" yana Shlotterbekga qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" esa 25 yoshli futbolchining shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevro qiymatga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.