date

Verratti haqiqiy sehrgar edi — Vitinya

Verratti haqiqiy sehrgar edi — Vitinya
PSJ yarim himoyachisi Vitinya o'zining sobiq jamoadoshi Marko Verratti haqida fikr bildirdi. Vitinyaning so'zlariga ko'ra, u Verratti bilan birga maydonga tushganidan zavq olgan.

Vitinya shunday dedi: "Men uchun u bilan birga o'ynash katta zavq edi. U juda ko'p qirralarga ega yarim himoyachi edi.

Unda hammasi bor edi: himoya, hujum, o'yinni ko'rish qobiliyati, texnika – u haqiqiy universal futbolchi edi. Men u bilan birga o'ynashni juda yoqtirardim, biz bir-birimizni juda yaxshi to'ldirardik.

Afsuski, biz birga ko'p o'ynay olmadik. U haqiqiy sehrgar, ajoyib yarim himoyachi edi." Marko Verratti 2012 yildan 2023 yilgacha PSJ safida o'ynagan.

Hozirda 32 yoshli italiyalik futbolchi Qatar klubida, "Al-Duhail" sharafini himoya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Verratti haqiqiy sehrgar edi — Vitinya