date

Manchester Yunayted Balebani sotib olishi mumkinmi?

Manchester Yunayted Balebani sotib olishi mumkinmi?
Manchester Yunayted rahbariyati Brayton jamoasi yarim himoyachisi Karlos Baleba uchun belgilangan transfer narxini haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda. Bu haqda Flashscore xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Brayton 21 yoshli kamerunlik futbolchini sotishdan 114 million yevro daromad olishni istamoqda. Biroq bu narx Manchester Yunayted rahbariyatini qoniqtirmaydi.

Agar Brayton futbolchining transfer narxini pasaytirmasa, Manchester Yunayted 2026-yilda Balebani sotib olishni rejalashtirmayapti. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Baleba maydonga 9 ta o‘yinda tushgan, ammo u hali biror samarali harakat qayd eta olmagan.

Ayni paytda Manchester Yunayted olti nafar yarim himoyachi orasidan tanlov qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Balebani sotib olishi mumkinmi?