Garnacho nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini aytdi

Garnacho nima uchun "Chelsi"ni tanlaganini aytdi
Argentinalik hujumchi Alejandro Garnacho "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Chelsi"ga o'tish qarorini tushuntirdi. "Men klub va Mareska bilan suhbatlashganimda, o'yin uslubimiz muhim edi.

U menga videomuloqot davomida juda ko'p narsani tushuntirdi. Bu kabi jamoada, "Chelsi"da, o'zimni yaxshilash uchun ajoyib imkoniyat", — dedi Garnacho Sports Illustrated bilan suhbatida.

21 yoshli Garnacho yozgi transfer oynasida "Chelsi" futbolchisiga aylandi. Uning transferi "ko'klar"ga 46 million yevroga tushdi.

Poytaxt klubida qanot hujumchisi umumiy hisobda yetti o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Futbolchining "Chelsi" bilan mehnat shartnomasi 2032 yilgacha amal qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar