
Vinger Lamiy Yamal "El Klasiko" o'yini oldidan "Real" haqida bir necha dadil bayonotlar berdi. "Barselona" rahbariyati Yamalning so'zlari raqib jamoa ruhiyatiga ta'sir qilganini tan oldi.
"Real" futbolchilari Yamalga qarshi maydonda qattiqroq o'ynashni maqsad qilgani haqida ma'lumot yetkazilgan. Shu bilan birga, Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" va futbolchining agenti Jorge Mendesh o'yinchining xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishga qaror qilgan.
Maqsad – kelajakda bunday xatolardan qochish. "Ko'k-anorranglilar" va agent 18 yoshli Yamalni himoya qilish va uni yuqori sport formasiga qaytarishga harakat qilmoqda.
Hozirda "Barselona"ning asosiy vazifalaridan biri Yamalning jismoniy holatini optimal darajaga keltirishdir. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" "Real"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Barselona Lamiy Yamal haqida qaror qabul qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar