date

Kapello: Javobgarlik faqat murabbiyda emas

Kapello: Javobgarlik faqat murabbiyda emas
Fabio Kapello "Yuventus"ning yomon natijalari uchun faqat Igor Tudorni ayblashdan voz kechdi. Klub ushbu mutaxassisni 27-oktyabr kuni 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin seriyasidan soʻng isteʼfoga chiqardi.

"Tudor hamma uchun javob bermoqda. 8 ta oʻyin davomida gʻalabasiz qolish va ketma-ket 3 ta magʻlubiyat - bu juda koʻp.

Ammo javobgarlik faqat murabbiyga yuklanmasligi kerak. Oʻtgan yozda direktorlar boshqa murabbiylarni ham koʻrib chiqishgan va shundan soʻng uning shartnomasini uzaytirishgan.

Bu holat oʻyinchilarga ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin", - deydi Kapello. Shuningdek, mutaxassisning fikricha, "Yuventus" uchun Igor Tudorni Luciano Spaletti bilan almashtirish toʻgʻri qaror boʻladi.

"Italiya terma jamoasidagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, u oʻz xatosini tuzatishga intilish istagida boʻladi. Bu esa qoʻshimcha ustunlik boʻlib xizmat qilishi mumkin", - deya qoʻshimcha qildi Kapello "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Hozirda "Yuventus" chempionatda 12 ochko bilan 8-oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapello: Javobgarlik faqat murabbiyda emas