
Vinger Luis Dias "Bavariya" safida o‘zining debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. O‘tgan yozda Germaniyaning yetakchi klubi kolumbiyalik futbolchini "Liverpul"dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi.
"Biz Diasning o‘yinini juda yuqori baholaymiz. Luis – ajoyib inson va juda mehnatkash futbolchi.
U allaqachon ko‘plab gollar urdi va ko‘plab golli uzatmalar amalga oshirdi. U jamoaga katta foyda keltirayotgan ajoyib o‘yinchi.
Biz undan juda mamnunmiz", – dedi "Bavariya" sport direktori Kristof Froyn jurnalist Florian Plettenbergga bergan intervyusida. Luis Dias barcha musobaqalarda "Bavariya" tarkibida 12 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar