date

Totti: Spallettining "Yuventus"ga tayinlashi yaxshi qaror bo'ladi

Totti: Spallettining "Yuventus"ga tayinlashi yaxshi qaror bo'ladi
Rimning "Roma" klubi sobiq futbolchisi Franchesko Totti Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti Turinning "Yuventus" klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. "Men Luchano "Yuventus"ning asosiy nomzodlaridan biri ekanini eshitdim.

Uning bu jamoaga kelishi klub uchun ajoyib qadam bo'ladi. Spalletti juda kuchli mutaxassis va har doim eng yuqori natijalarni maqsad qilgan.

Bu "Yuventus" uchun yaxshi bitim bo'lardi", – dedi Totti Calciomercato nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, joriy hafta boshida "Yuventus" bosh murabbiyi vazifasidan Igor Tudor iste'foga chiqarilgan edi.

A Seriyasi ilk sakkiz turidan so'ng Turin klubi musobaqa jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Totti: Spallettining "Yuventus"ga tayinlashi yaxshi qaror bo'ladi