date

Bukayo Saka Arsenal maqsadlarini ochiqladi


“Arsenal” vingeri Bukayo Saka yaqinda APLda 200 ta o‘yin va 100 ta samarali harakatga erishgani haqida fikr bildirdi. "Bu men uchun muhim bosqich, ayniqsa, "Arsenal"dagi merosim va tarix yaratish istagim uchun.

Men bu yerda bolalikdan erkaklikka qadam qo‘ydim", - dedi Saka Sky Sports’ga bergan intervyusida. Shuningdek, Saka jamoaviy yutuqlar uning asosiy maqsadi ekanini ta’kidladi.

"Men "Arsenal" safida karyeram davomida eng nufuzli sovrinlarni yutishga yordam bermoqchiman. Bu bizning keyingi qadamimiz.

Biz bir necha yillar davomida birga o‘ynadik, ko‘p yuksalish va tushkunliklarni boshdan kechirdik. Endi esa keyingi bosqichga o‘tishni xohlaymiz", - deya qo‘shimcha qildi Bukayo.

APLdagi navbatdagi uchrashuvda "Arsenal" 1-noyabr kuni "Byornli"ga qarshi bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bukayo Saka Arsenal maqsadlarini ochiqladi