date

MakTominey APLga qaytish haqida gapirdi


Italiyaning "Napoli" jamoasi yarim himoyachisi Skott MakTominey Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Ammo shotlandiyalik futbolchi boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmayotganini ta'kidladi.

"Men "Napoli"da juda baxtliman", - dedi MakTominey AreaNapoli nashriga bergan intervyusida, Sky Sports ma'lumotlariga tayanib. 2025/2026-yilgi mavsumda Skott MakTominey 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli" jamoasi so‘nggi uchrashuvda safarda "Lechche"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, A Seriyasida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MakTominey APLga qaytish haqida gapirdi