date

Berbatov: Virts kelajakda yulduz bo'ladi


“Liverpul” Floriаn Virts transferiga katta mablagʻ sarfladi, ammo nemis futbolchisi hozircha oʻzini koʻrsata olmayapti. Bu borada oʻz fikrlarini sobiq mashhur futbolchi Dimitar Berbatov bildirdi.

"Men uni juda yaxshi koʻraman. U fantastik futbolchi.

Ishoning, u kelajakda ajoyib oʻyinchi boʻladi. Muhimi, sabrli boʻlishi kerak.

Uning atrofida toʻgʻri insonlar – agenti, oilasi boʻlishi zarur. Umid qilamanki, murabbiy ham uning isteʼdodini hammamiz kabi koʻryapti.

U jamoaga moslashishi uchun biroz vaqt talab qilinadi. Ishonch bilan ayta olaman – u muvaffaqiyatga erishadi", – dedi Berbatov Rio Ferdinandning podkastida.

Chorshanba kuni “Liverpul” Liga Kubogi 1/8 finalida “Kristal Pelas”ga qarshi oʻz maydonida oʻyin oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvning matnli jonli efirini oʻtkazib yubormang.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Berbatov: Virts kelajakda yulduz bo'ladi