
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin "El-Klasiko" uchrashuvining so'nggi daqiqalarida qizil kartochka oldi. U futbolchilar o'rtasida yuzaga kelgan mushtlashuvda ishtirok etgani uchun jazolandi.
Hakam Sesar Soto Grado protokolga ko'ra, Lunin zaxira o'rindig'ini tark etib, raqib jamoasi o'rindig'i tomon agressiv harakat bilan yaqinlashgani, uni jamoadoshlari to'xtatishga majbur bo'lganini qayd etdi. "Real Madrid" Luninning chetlatilishiga qarshi shikoyat kiritdi, biroq Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining intizomiy qo'mitasi hakam qarorini qo'llab-quvvatladi.
Natijada, ukrainalik darvozabon bir o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar beradi Goal nashri. Ta'kidlash lozimki, Andrey Lunin 2025/2026 yilgi mavsumda hali maydonga tushmagan.
1-noyabr kuni "Valensiya"ga qarshi o'yinda u "Real"ning hatto zaxira ro'yxatida ham bo'lmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing