
Sobiq "Chelsi" yarim himoyachisi Jon Obi Mikel "Arsenal"ning hozirgi formasini va imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa nafaqat Angliya Premyer-ligasida, balki butun dunyo futbolida ham eng muvozanatli va chuqur tarkibga ega.
Tarkibning chuqurligi "kanonirlar"ga rotatsiya vaqtida yoki zaxira o‘yinchilari maydonga tushganida ham yuqori saviyada o‘ynashni ta'minlaydi. Bu esa London klubini chempionlik unvoni uchun asosiy da'vogar qiladi.
Obi Mikelning fikricha, aynan "Arsenal" bu mavsumda APLda g‘olib bo‘lishi kerak, chunki "Manchester Siti"ning pasayishi va "Liverpul" hamda "Chelsi"ning muammolari bunga imkon yaratadi. - Bu mavsumda favorit - "Arsenal".
Arteta jamoasi faqat o‘z xatolari tufayli chempionlikni boy berishi mumkin. "Manchester Siti" ortda qolmoqda, "Liverpul"da muammolar bor, "Chelsi"da esa tajriba yetishmaydi, - deydi Obi Mikel Metro nashriga.
Hozirgi kunda "Arsenal" hisobida 22 ochko bor va jamoa turnir jadvalida yetakchi. "Bornmut" va "Tottenhem" esa mos ravishda 18 va 17 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar