
“Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasining top klublaridan biriga o‘tishni rejalashtirmayapti. “Chelsi” fransuz futbolchisi uchun 75 million yevro taklif qilishga tayyor, ammo Kamavinga butun eʼtiborini “Real” safida o‘ynashni davom ettirishga qaratgan.
Bu haqda Transfer News Live Defensa Centralga tayanib xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Xabi Alonso Kamavingani jamoada saqlab qolish niyatida.
Ayniqsa, futbolchining “Barselona”ga qarshi o‘yinda Pedri bilan kurashdagi ajoyib o‘yini murabbiyga katta taassurot qoldirgan. Hozirgacha Kamavinga “Real” tarkibida 188 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va jamoadoshlari uchun 10 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Futbolchining yoshi 22 da.
Kamavinga Angliyaga o‘tishni rejalashtirmayapti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar