
Bavariya hujumchisi Garri Keyn Germaniya kubogi doirasida Kyoln ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabada dubl qayd etdi. Angliyalik futbolchi 38 va 64-daqiqalarda raqib darvozasini ishgʻol qildi.
32 yoshli forvard joriy mavsumda 22 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi boʻldi, buning uchun unga atigi 14 ta oʻyin kifoya boʻldi. Joriy mavsumda Garri Keyn har 53 daqiqada bir marta gol urmoqda, ya'ni deyarli har bir taymda samarali oʻyin koʻrsatmoqda.
Kyoln ustidan qozonilgan gʻalaba Bavariya uchun mavsum boshidan beri ketma-ket 14-gʻalaba boʻlib, bu koʻrsatkich Yevropa top ligalari uchun yangi rekord boʻldi. Shanba kuni Xabi Alonso boshchiligidagi Bavariya oʻz maydonida Leverkuzenning Bayer jamoasini Bundesligada qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar