
Barselona jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoaning chorshanba kungi mashg'ulotida ishtirok etmadi. Niderlandiyalik futbolchi murabbiylar shtabi ruxsati bilan mashg'ulotni qoldirdi, deb xabar bermoqda jurnalist Karlos Monfor.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi shaxsiy sabablarga ko'ra jamoani tark etgan, bu holat jarohat bilan bog'liq emas. Klub ushbu masala bo'yicha tafsilotlarni oshkor qilishni istamadi.
Yakshanba kuni Xavi Ernandes boshchiligidagi jamoa La Liga 11-tur doirasida oʻz maydonida Elche klubiga qarshi o'yin o'tkazadi. Frenki de Yong joriy mavsumda Barselona safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ikki hafta oldin esa futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan edi.
Frenki de Yong mashg'ulotni o'tkazib yubordi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing