date

Golovin Ronalduni ligasida oʻynashdan bosh tortdi


Rossiyalik yarim himoyachi, "Monako" futbolchisi Aleksandr Golovin Saudiya Arabistoni klubiga oʻtishdan bosh tortdi. Bu haqda futbolchining vakili Aleksandr Klyuyev maʼlum qildi.

"Saudiya Arabistoni klubidan bizga murojaat qilishdi: ular bizning u yerda oʻynashga qiziqishimiz bor-yoʻqligini soʻrashdi. Biz hozircha rad javobini berdik.

Qaysi klub? Kichik emas.

Yetakchi jamoa", – dedi Klyuyev "RB Sport" portaliga bergan intervyusida. Vakilning soʻzlariga koʻra, Golovin uzoq yoʻl bosib, Chempionlar Ligasida oʻynashga erishgan.

Shuningdek, rossiyalik futbolchi "Monako" bilan sovrin qoʻlga kiritishni istashi qayd etildi. Golovin 2018-yilda Moskvaning CSKA klubidan "Monako"ga oʻtgan edi.

Shu vaqtdan buyon u birorta ham sovrin yutmagan boʻlsa-da, bir marta kumush va uch marta bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Golovinning "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golovin Ronalduni ligasida oʻynashdan bosh tortdi