
PSJ markaziy himoyachisi Lukas Beraldo qishki transfer oynasida jamoani tark etishni xohlayotganini ma'lum qildi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli braziliyalik futbolchi kelasi AQShda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish uchun ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Beraldoga APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda.
PSJ himoyachisini 30 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda Beraldo Fransiya chempionatida yetti o'yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan.
Biroq, u Chempionlar ligasi o'yinlarida ishtirok etmagan. Beraldo bilan tuzilgan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning iyun oyigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar