date

Liverpul Sloʻtga ishonchini saqlab qolmoqda


Liverpul jamoasi chorshanba kuni yana o'z muxlislarini xafa qildi. Arne Sloʻt boshchiligidagi jamoa Liga Kubogi 1/8 final bosqichida oʻz maydonida Kristal Pelasga 0:3 hisobida magʻlub bo'lib, musobaqadan chiqib ketdi.

Shu tariqa, Liverpul soʻnggi yetti o‘yinda barcha musobaqalarda oltita magʻlubiyatga uchradi. Biroq Goal portali BBC va bir nechta jurnalistlarga tayanib xabar berishicha, Liverpul rahbariyati Sloʻt bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Yaqin kelajakda niderlandiyalik murabbiyning lavozimdan ozod etilishi ehtimoli yo'q. Klub rahbariyati Sloʻtga toʻliq ishonch bildirmoqda va u jamoaning holatini yaxshilashga qodir ekaniga ishonmoqda.

Liverpulning navbatdagi uchrashuvi 1-noyabr kuni oʻz maydonida Aston Villa jamoasiga qarshi oʻtkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul Sloʻtga ishonchini saqlab qolmoqda