
Liverpulning o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi. Gollandiyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Frankfurtning Ayntraxt jamoasiga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab oxirgi ikki uchrashuvni o'tkazib yubordi. 
Jurnalist Lyuis Stilning xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining yaqin o‘yinlarda maydonga tushishi kutilmayapti – u taxminan 6 hafta davomida safdan chiqadi. Liverpul Jeremi Frimpongni o'tgan yozda Leverkuzennning Bayer klubidan sotib olgan edi. 
Futbolchi Arne Slot jamoasi uchun barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shanba kuni mersisaydliklar o‘z maydonida Premer-liga doirasida Aston Villa jamoasini qabul qilishadi. 
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 