date

Eks-Atletiko oʻyinchisi: "Yamalga yordam kerak"

Eks-Atletiko oʻyinchisi: "Yamalga yordam kerak"
Madridning "Atletiko" klubining sobiq futbolchisi Gabi Fernandes "Barselona" vingeri Lamin Yamalning muammolari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 18 yoshli futbolchi soʻnggi vaqtlarda sportdagi yutuqlaridan koʻra koʻproq mojarolarga aralashayotganligi bilan muhokamada boʻlmoqda.

"Laminning qancha muammosi borligini bilmayman, ammo hozirda u maydondan koʻra koʻproq tashqaridagi faoliyati bilan diqqatni tortmoqda. Yamal - fantastik futbolchi, ammo uning atrofidagi vaziyatlar unga foyda keltirmayapti.

Unga katta masʼuliyat yuklangan. Biz unga yordam berishimiz kerak, uni yoʻq qilishga urinmasligimiz lozim", dedi "matraschilar"ning sobiq yarim himoyachisi ispan matbuotiga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida 8 ta oʻyinda 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eks-Atletiko oʻyinchisi: "Yamalga yordam kerak"