
Latsio futbolchisi Pedro Rodriges klubni tark etish qarorini eʼlon qildi. Ispaniyalik futbolchi Rim klubi safidagi joriy mavsumni yakunlab, jamoani tark etadi.
Bu haqida u payshanba kuni "Piza"ga qarshi o‘yindan keyin maʼlum qildi. Mazkur o‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Men Latsioning Yevrokuboklarga chiqishini xohlayman, keyin esa ketish vaqti keladi", – deydi 38 yoshli vinger Fabrisio Romano bilan suhbatda. Pedro 2021-yildan beri "burgutlar" safida to‘p surmoqda.
U bunga qadar "Roma", "Chelsi" va "Barselona" jamoalarida o‘ynagan. Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan futbolchi joriy yilning iyul oyida 39 yoshga to‘ladi.
Hozircha u mavsum yakunidan keyin faoliyatini davom ettirishi yoki yakunlashi nomaʼlum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.