Barselona darvozaboni: Ronaldu eng mashhur odam

Barselona darvozaboni: Ronaldu eng mashhur odam
Qisqacha

Barselona darvozaboni Voytsex Shchesni telefonidagi eng mashhur odam Krishtianu Ronaldu ekanini aytdi. U Ronalduning raqami telefonida borligini, ammo unga qo'ng'iroq qilmasligini bildirdi. Shchesni va Ronaldu avval Turinning Yuventus jamoasida birga to'p surishgan. 40 yoshli portugaliyalik hujumchi hozir Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubida o'ynamoqda va uning shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha amal qiladi.

Barselona klubi darvozaboni Voytsex Shchesni o'z telefonidagi eng mashhur odamni ma'lum qildi. Unga ko'ra, bu besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronaldu.

"Telefonimdagi eng mashhur odam kim? Ronaldu.

Ammo unga qo'ng'iroq qilmayman. Ishonavering, uning raqami telefonimda bor", - dedi polshalik futbolchi Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

Shchesni va Krishtianu Ronaldu avval Turinning Yuventus jamoasida birga to'p surishgan. Ayni paytda 40 yoshli portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubi sharafini himoya qilmoqda.

Uning shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha amalda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar