
“Arsenal” soʻnggi marta 2004 yilda Angliya Premer-ligasida chempion boʻlgan edi. Oʻshanda “toʻpchilar” mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlashga muvaffaq boʻlishgan.
Bu natijani hali hech bir jamoa takrorlay olmadi. Soʻnggi yillarda “Arsenal” sezilarli ravishda oʻsishga erishdi, biroq chempionatni ikkinchi oʻrinda yakunlab kelmoqda.
Joriy mavsumda esa Mikel Arteta jamoasi musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Artetadan ushbu mavsum Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritish uchun ideal imkoniyat ekanligi borasida soʻrashdi.
"Bu biz uchun katta imkoniyat. Lekin biz bu qanchalik murakkab ekanligini yaxshi tushunamiz.
Barqaror oʻyin koʻrsatishda davom etishimiz kerak. Ertaga bizni juda qiyin oʻyin kutmoqda.
Gʻalaba qozonish uchun oʻz oʻyinimizning maksimal darajasini koʻrsatishimiz lozim", – dedi Arteta matbuot anjumanida. 1-noyabr kuni “Arsenal”ning raqibi “Byornli” boʻladi.
Arteta: Chempionlik uchun imkoniyatimiz katta
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing