
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Mutaxassisga uning Angliyada ishlagan davrida anʼanaviy "katta oltilik" tarkibi o‘zgarganmi, degan savol berildi.
"Men Myunxen yoki Barselonada ishlagan paytimda, Angliyada har bir jamoa har qanday raqibni yuta olishi haqida eshitardim. Balki "Liverpul" va biz keyinchalik bu dinamikani biroz o'zgartirgandirmiz.
Chunki biz shunchalik barqaror edikki, bir necha mavsum davomida 90dan ortiq, deyarli 100 ochko jamgʻardik. APLda, NBAdagi kabi, birorta ham hukmron jamoa yoʻq.
Soʻnggi toʻrt-besh-olti yilda turli jamoalar kuchli oʻyin koʻrsatmoqda va har bir jamoa boshqasini yutishga qodir. Menimcha, tomoshabinlar va Premer-liga shousi uchun bu juda yaxshi," – dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Yakshanba, 2-noyabr kuni "Manchester Siti" oʻz maydonida "Bornmut"ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar