
«Barselona» jamoasi hujumchilari Lionel Messi va Luis Suarez Yaponiya televideniesidagi bir sinovda ishtirok etib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Sinov shartlariga ko‘ra, futbolchilar bir-biriga olisdan to‘p uzatishi, bunda koptok erga tegishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.
Futbolchilar paslar uzoqligini o‘lchovchi ulkan jadval oldida joylashgan ko‘yi shartni bajardi.
Messi va Suarez to‘p uzatishni to‘xtatmasdan bir-biridan uzoqlashib bordi. Natijada eng olis uzatish masofasi 56 metrni tashkil qildi.
[media=https://youtu.be/paO7GIUNroc]
Mazkur natija ushbu sinov uchun yangi rekord bo‘ldi. Eski rekord bundan 21 metrga qisqaroq bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar