Vieyra "Jenoa" bosh murabbiyligidan bo'shatildi

Vieyra "Jenoa" bosh murabbiyligidan bo'shatildi

Vieyra "Jenoa" bosh murabbiyligidan bo'shatildi
Fransuz mutaxassisi Patrik Vieyra Genuyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Italiya klubi sobiq murabbiyga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Eslatib o'tamiz, Vieyra o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon "Jenoa"ni boshqarib kelayotgan edi.

Joriy mavsumda genuyaliklar Italiya chempionatida muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. To‘qqiz turdan so‘ng "Jenoa" atigi uch ochko to‘plagan va A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar