date

Spalletti "Yuventus" bilan skudetto yutishi mumkin

Spalletti "Yuventus" bilan skudetto yutishi mumkin
"Yuventus" klubi payshanba kuni 66 yoshli mutaxassis Luchano Spallettini bosh murabbiy etib tayinlaganini rasman eʼlon qildi. U lavozimidan ozod etilgan Igor Tudor oʻrnini egalladi.

Italiyalik agent Vito Sidella "Euro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan eksklyuziv intervyusida Spallettining tayinlanishini qoʻllab-quvvatladi: "Men Spallettining "Yuventus"ga bosh murabbiy sifatida tayinlanishini toʻgʻri qaror deb hisoblayman. Klub rahbariyati turli tajribalar oʻrniga barqarorlikni tanladi.

Kelajakda Spalletti "Yuventus" bilan skudetto yutishi mumkin, deb oʻylayman". Luchano Spallettining "Yuventus" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha moʻljallangan.

Agar jamoa Chempionlar ligasiga yoʻl olsa, kelishuvni uzaytirish imkoniyati ham koʻzda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Spalletti "Yuventus" bilan skudetto yutishi mumkin