
Bundesliga pastki o‘rinlarida joylashgan "Haydenhaym" o‘z maydonida "Ayntraxt" klubini qabul qildi. Mezbonlar to‘pni deyarli nazorat qila olishmadi, biroq ko‘plab imkoniyatlar yaratib, birinchi bo‘limni Budu Zivzivadzening aniq zarbasi tufayli 1:0 hisobida yakunlashdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar burchak to‘pi orqali hujum uyushtirishdi va Ellies Skirining bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 55-daqiqada Nataniyel Braunning uzatmasi va Rasmus Kristensening bosh zarbasi hisobni tenglashtirdi – 1:1.
"Haydenhaym" 5 ochko bilan turnir jadvalining eng pastki pog‘onasida qoldi, "Ayntraxt" esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar