date

Jenoa yarim himoyachisi top klublarni qiziqtirdi

Jenoa yarim himoyachisi top klublarni qiziqtirdi
Jenoa klubining markaziy yarim himoyachisi Morten Frendrup Italiya A Seriyasining uchta top klubi eʼtiboriga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Daniya terma jamoasi aʼzosi bo‘lgan 24 yoshli futbolchini "Yuventus", "Roma" va "Inter" klublari kuzatib bormoqda. Qishki transfer oynasida Jenoa ushbu jamoalardan rasmiy takliflar olishi mumkin.

Joriy mavsumda Frendrup barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Jenoa jamoasi A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinda, jamoa 9 ta turda atigi 3 ochko to‘plagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jenoa yarim himoyachisi top klublarni qiziqtirdi