
Ligue 1ning 11-turida "Oser" oʻz maydonida "Marsel"ni qabul qildi. Jamoalar turnir jadvalining qarama-qarshi qutblarida joylashgan boʻlishiga qaramay, oʻyin jangovar va teng kurashli oʻtdi.
Oʻyinning 30-daqiqasida "Oser" darvozaboni uzatmani qaytarishga harakat qilganida, toʻp Angel Gomesga tushdi va u aniq zarba bilan hisobni ochdi – 0:1. Ikkinchi boʻlim boshida Denni Namasoning zarbasi "Marsel" darvozasiga yoʻl oldi, biroq gol ofsayd sabab bekor qilindi.
Shuningdek, Ibrohim Osman xavfli zarba yoʻlladi, ammo darvozabon bu vaziyatni bartaraf etdi. "Marsel" 65-daqiqadan boshlab oʻntadan oʻynashga majbur boʻldi, chunki Ulisses Garsiya Josue Kasimirga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun qizil kartochka oldi.
Qoʻshimcha vaqtda "Oser" futbolchisi Sinali Diomande ham ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Ushbu gʻalaba bilan "Marsel" 22 ochkoga ega boʻlib, "Monako"ni ikkinchi oʻrindan siqib chiqardi.
"Oser" esa turnir jadvalining soʻnggi oʻrinlaridan birida qolmoqda.
Marsel autsayderni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar