
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Aston Villa” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng muxlislar haqida fikr bildirdi. “Qizillar” bungacha APLdagi to‘rtta uchrashuvda mag‘lub bo‘lishgan edi, bu esa niderlandiyalik mutaxassisni qiyin bosim ostida qoldirgan edi.
“Menga muxlislar tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash ajoyib edi. Bu “Liverpul”ni o‘ziga xos jamoa qiladigan narsa.
Jamoa og‘ir davrni boshdan kechirdi, men uchun ham oson bo‘lmadi, biroq muxlislar bizga yordam berishdi”, – dedi Slot uchrashuvdan so‘ng intervyusida. Mersisaydliklarning navbatdagi raqibi Madridning “Real” jamoasi bo‘ladi.
Uchrashuv 4-noyabr kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi turida “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar