date

Bavariya Leverkuzenni 3:0 hisobida magʻlub etdi

Bavariya Leverkuzenni 3:0 hisobida magʻlub etdi
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Bundesligasining toʻqqizinchi turida Leverkuzenning "Bayer" klubiga qarshi oʻyindan keyin fikrlarini bildirdi. Mezbonlar uchrashuvda 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

"Ushbu uchrashuvda oʻyin surʼatini yuqori darajada ushlab turish muhim edi. Biz bu vazifani aʼlo darajada uddalay oldik, hatto Keyn, Dias va Olise maydonga tushmagan boʻlsa ham.

Oʻyinchilarimga koʻproq oʻyin amaliyoti berishni maqsad qilganman. Biz 15 ta gʻalabaga erishdik va bu bilan toʻxtamoqchi emasmiz", – dedi bosh murabbiy Bundesliga matbuot xizmatiga.

Germaniya chempionatining toʻqqizta turidan soʻng, Myunxen jamoasi 27 ochko toʻplab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Bavariya" navbatdagi uchrashuvni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida Fransiyaning "PSJ" klubiga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bavariya Leverkuzenni 3:0 hisobida magʻlub etdi