date

Luis Enrike: Gʻalaba shunday shirin

Luis Enrike: Gʻalaba shunday shirin
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasida "Nitssa"ga qarshi oʻyindan keyin oʻz fikrlarini bildirdi. Parij klubi 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, yagona golni Gonsalu Ramush kiritdi.

"Shunday tarzda gʻalaba qozonish juda yoqimli – soʻnggi daqiqalarda, oxirgi harakat bilan va kuylayotgan muxlislar qurshovida. Bizning barcha oʻyinchilarimizda bunday xarakter borligi va gʻalabani qoʻlga kiritganimizdan mamnunman.

Oʻylaymanki, bu gʻalaba haqli edi, biz juda baxtiyormiz", – dedi PSJ rasmiy sayti murabbiyning soʻzlarini keltirib. Enrike, shuningdek, Gonsalu Ramushning oʻyinini ham yuqori baholadi: "Bu ham Gonsalu, ham butun jamoa uchun ajoyib natija.

PSJ safida 100 oʻyin oʻtkazgan boʻlish – katta yutuq. Biz undan faxrlanamiz.

U maydonda 15-20 daqiqa ichida yaxshi harakat qildi va kiritilgan gol uning oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlash uchun muhim boʻldi." Ushbu oʻyindan soʻng PSJ 24 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. "Marsel" 22 ochko bilan ikkinchi, "Monako" esa 20 ochko bilan uchinchi oʻrinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: Gʻalaba shunday shirin