date

Vulverhempton bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Vulverhempton bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi
Vulverhempton jamoasi bosh murabbiyi, portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra isteʼfoga chiqdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Pereyra isteʼfosi joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumidagi omadsiz start sababli amalga oshirilgan. Ayni vaqtda jamoaning mashgʻulotlarini yoshlar jamoasi murabbiylari Jeyms Kollinz va Richard Uoker olib boradi.

"Biz Vitor va uning jamoasiga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida. Angliya chempionatining 10-turi yakuniga koʻra, "boʻrilar" turnir jadvalida ikki ochko bilan soʻnggi oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vulverhempton bosh murabbiyini isteʼfoga chiqardi