
Angliya Premyer-ligasining o‘ninchi turida Londonning "Arsenal" jamoasi safarda "Byornli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Mikel Arteta jamoasi uchun ketma-ket yettinchi "quruq" o‘yin bo‘ldi.
OptaJoe maʼlumotlariga ko‘ra, bunday natija klub tarixida ikkinchi marta qayd etilmoqda. So‘nggi marta "Arsenal" bunga 1987 yilda erishgan edi.
Agar "kanonirlar" yana bir "quruq" g‘alabaga erishsalar, yangi klub rekordini o‘rnatadilar. "Arsenal" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 10 o‘yindan so‘ng 25 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
4-noyabr kuni poytaxt klubi Chempionlar Ligasi to‘rtinchi turida safarda Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar