
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Valensiya"ga qarshi kechgan o'yinda Vinisius Juniorning penaltidan foydalana olmaganiga munosabat bildirdi. Braziliyalik futbolchining zarbasini "ko'rshapalaklar" darvozaboni qaytardi.
"Bu holat meni afsuslantirdi, hisobni 3:0 qilishimiz mumkin edi. Jamoamizda penaltilarni amalga oshirish uchun belgilangan ijrochi bor – bu Kilyan Mbappe.
Ammo o'yin davomida futbolchilar o'zlari qaror qabul qilib, penalti tepishni tanlashlari mumkin," – dedi Xabi Alonso. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Madridning "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tgan va "Qirollik klubi"ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Kilyan Mbappe ushbu o‘yinda dubl qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar