
Yakshanba kuni Milanning "Inter" jamoasi safarda "Verona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hujumchi Markus Tyram jarohatidan tiklanganiga qaramay, yana "neradzurri"ning o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
"Markus tayyor, lekin u hali to‘liq sport formasiga kirmagan. Biz uni o‘yin uchun olib ketmaslikka qaror qildik, chunki baribir uni maydonga tushirmasdim.
Menga faqat to‘liq tayyor futbolchilar kerak. Men o‘zim ham futbolchi bo‘lganman, jarohatlar olganman.
Uchta mashg‘ulotdan keyin maydonga tushsangiz, jarohatni qayta olish xavfi juda katta. Men hech qachon bunday xatoga yo‘l qo‘ymayman", – dedi "Inter" matbuot xizmatiga Xristian Kivu.
Markus Tyram oxirgi marta sentabr oxirida o‘yinlarda ishtirok etgan edi. Chorshanba kuni "Inter" Chempionlar ligasi doirasida "Kayrat"ga qarshi bahs olib boradi.
Kivu Tyramni nega tarkibga qo‘shmagani haqida gapirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar