
Braziliyalik hujumchi Risharlison "Tottenhem" klubini tark etishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur maʼlum qildi.
Manbalarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida yangi jamoaga o‘tishi mumkin. Agar mos taklif tushsa, "Flamengo" uni Braziliyaga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, "Everton", "Orlando Siti" va Saudiya Arabistoni klublari ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Risharlison 2022 yilda "Tottenhem" safida o‘ynay boshlagan.
Joriy mavsumda u hamma musobaqalarda jami 16 o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga ko‘ra, hujumchining transfer qiymati 25 million yevroga teng.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar