
Fransiyaning PSJ klubi va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Marko Verratti Yaqin Sharq, xususan, Qatarda yashashning oʻziga xos jozibador tomonlari haqida soʻzlab berdi. Hozirda u aynan shu mamlakatda faoliyat olib bormoqda.
Futbolchining soʻzlariga koʻra, bu yerda hayotning boshqa bir ritmi mavjud. "Ochigʻini aytsam, bu yerda toʻp bilan ishlash, yugurishdan koʻra koʻproq yoqadi.
Yana menga bu yerda hayot ertalab emas, balki tushdan keyin va kechqurun, taxminan soat 16:00 dan boshlab jonlanishi yoqadi. Mashgʻulotlarning tushdan keyin boʻlishi va ertalabki mashgʻulotlarning yoʻqligi menga juda maʼqul", - dedi Verratti, uning soʻzlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.
Eslatib oʻtamiz, Marko Verratti oʻz vaqtida "Peskara" jamoasi sharafini ham himoya qilgan.
Verratti: Tushdan keyin mashgʻulot qilish yoqadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar