
Gari OʻNil “Vulverxempton” klubi bilan bosh murabbiy lavozimiga qaytish boʻyicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Oʻtgan yilning dekabrida ushbu mutaxassis klub tomonidan ishdan boʻshatilgan edi, ammo hozirda u qaytish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Hozir OʻNil hech bir klub bilan shartnoma imzolamagan erkin agent sanaladi.
“Vulverxempton” klubida boshqa variantlar ham koʻrib chiqilmoqda, jumladan, “Midlsbro”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Rob Edvards ham nomzodlar roʻyxatida. Biroq OʻNilning qaytishi eng ehtimoliy variant sifatida koʻrilmoqda.
“Men futbolni yaxshi koʻraman. Band boʻlishni, koʻplab sinov va vazifalarni bajarishni yoqtiraman.
Yangi chaqiriq paydo boʻlishi bilan men nafaqat tayyor boʻlaman, balki ana shunday sinovlarga jon-jahdim bilan kirishaman”, – degan edi OʻNil avvalroq shu nashrga bergan intervyusida. “Vulverxempton” jamoasi APL turnir jadvalida oxirgi oʻrinda bormoqda va 10 oʻyinda atigi 2 ochko toʻplagan.
Gari OʻNil “Vulverxempton”ga qaytishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar