
"Nyukasl" jamoasi bosh murabbiyi Eddi Xau "Vest Xem" bilan o‘yindagi tanaffusda hujumchi Nik Voltemadeni almashtirish qarorini izohladi. "Biz uni deyarli har bir o‘yinda maydonga tushirganimizni yaxshi bilamiz.
Menga u biroz charchagandek tuyuldi va uni almashtirish jamoaga ham, Nikning o‘ziga ham foyda keltiradi, deb qaror qildim. Chunki u katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Agar uning charchaganini sezsam, unga yordam berishim kerak", – dedi "Qarg‘alar" matbuot xizmati orqali Xau.
Eslatib o‘tamiz, Voltemade yozgi transfer oynasida "Nyukasl" futbolchisiga aylangan edi. O‘shandan beri u barcha turnirlarda 12 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar