date

Rayo Valyekano stadion maydonini oʻzgartiradi


Ispaniyaning "Rayo Valyekano" klubi oʻziga xos stadionga ega boʻlib, uning maydon kengligi 66,4 metrni tashkil etadi. Biroq, UEFA bu oʻlchamlarni meʼyoriy deb hisoblamadi.

Klub kutilmaganda Konferensiyalar ligasiga yoʻl olganidan soʻng, bu talabga javoban, turnir oʻyinlari uchun maydon kengligi har ikki tomonidan bir metrdan ortiq qisqartirilib, 64 metrga yetkazilmoqda. Endilikda, klub rahbariyati ushbu oʻlchamni ichki chempionat oʻyinlarida ham standart sifatida belgilash haqida oʻylamoqda.

Ayni vaqtda klub Ispaniya chempionati jadvalida oʻninchi oʻrinni egallab turibdi va kelgusi turda "Real" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rayo Valyekano stadion maydonini oʻzgartiradi