
Bavariya klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala yozgi mavsumda olgan jiddiy jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Avvaliga 22 yoshli futbolchi yil oxirida maydonga qaytishi kutilgan edi, biroq Myunxen klubi rahbariyati yosh yulduzni shoshiltirmaslikka qaror qildi.
Jurnalistlar Tobi Altshoffl va Kristian Falkning xabar berishicha, Bavariya Musialaning aniq qaytish sanasini belgilamagan. Uning tiklanishi yanvar oyigacha cho'zilishi ehtimoldan xoli emas.
Klubning tibbiy va murabbiylar shtabi uchun asosiy maqsad futbolchini mavsumning hal qiluvchi bosqichlariga va keyinchalik Jahon chempionatiga tayyor holatga keltirishdir. Eslatib o'tamiz, Jamal Musiala darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to'qnashuv natijasida boldir suyagi sinishini boshdan kechirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing