date

Sanchoning kelajagi savol ostida: Italiyaga ko'chishi mumkin

Sanchoning kelajagi savol ostida: Italiyaga ko'chishi mumkin
Manchester Yunayted klubi vingeri Jeydon Sancho hozirda Aston Villa safida ijarada o'ynamoqda, ammo kelasi yilda u chet el chempionatiga o'tishi mumkin. "Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti, bu haqda turli manbalar ko'p marotaba xabar bergan.

Aston Villa ham uning ijaradagi muvaffaqiyatsiz o'yinlari tufayli futbolchini sotib olishga qiziqmayotgani aytilmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, Sanchoning vaziyatini Italiya klublari – Yuventus va Roma, shuningdek, MLS vakillari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Jeydon Sancho o'tgan yozdayoq A Seriyaga o'tishi mumkin edi. Yuventus va Roma klubdagi qiziqish bildirgan bo'lsa-da, moliyaviy shartlar ularni qoniqtirmagan.

Ammo 2026-yil yozida Sancho erkin agentga aylanadi va uni qo'lga kiritish ancha osonlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanchoning kelajagi savol ostida: Italiyaga ko'chishi mumkin