date

Kivu Interning gʻalabasidan soʻng oʻzini tanqid qildi

Kivu Interning gʻalabasidan soʻng oʻzini tanqid qildi
Milanning "Inter" jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi doirasida Qozogʻistonning "Qayrat" jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) oʻz jamoasining oʻyinidan qoniqmaganligini bildirdi. "Neradzurrilar" safida birinchi golni Lautaro Martines 45-daqiqada urdi.

Mehmonlar esa ikkinchi bo‘lim boshida Oʻfri Aradning goli bilan javob qaytardi. Maydon egalari uchun hal qiluvchi golni 67-daqiqada Karlos Augusto kiritdi.

"Men oʻyinchilarni toʻgʻri tayyorlashda xato qildim va bu uchun javobgarlikni oʻz zimmamga olaman. Bu futbolning muhim jihatlaridan biri.

Ha, biz har uch kunda oʻyin oʻtkazyapmiz, lekin baribir bu oʻyinda yaxshiroq oʻyin koʻrsatishimiz kerak edi. Chempionlar ligasida oson oʻyinlar boʻlmaydi, hatto raqib qogʻozda sizdan kuchsizroq koʻrinsa ham.

Mening vazifam futbolchilarni maydonga motivatsiyalangan va diqqatini jamlagan holda olib chiqish uchun toʻgʻri soʻzlarni topishdir. Men tayyorgarlik jarayonida yetarlicha mehnat qilmadim," – dedi Kivu Sky Sport bilan suhbatda.

"Inter" hozircha Chempionlar ligasida magʻlubiyatga uchramagan va toʻrt turdan soʻng 12 ochko toʻplagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kivu Interning gʻalabasidan soʻng oʻzini tanqid qildi