
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jahon futboliga boʻlgan taʼsiri haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Yakshanba kuni Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 1000-oʻyinini oʻtkazadi.
“Bilmayman. Men shunchaki jamoalarimning oʻzim xohlagan uslubda oʻynashini taʼminlashga harakat qildim.
Hech qachon oʻz prinsiplarimni buzmaganman va bu jarayonda koʻp narsalarni oʻrgandim hamda oʻzgartirdim. Lekin qalban ishonadigan tamoyillarimdan biror marta ham voz kechmaganman.
Chunki, hatto xatoga yoʻl qoʻygan taqdiringizda yoki raqib kuchliroq boʻlsa ham, oʻzingiz ishonmaydigan biror ishni qilganingizni his qilmasligingiz muhim. Va men hech qachon bunday holatga tushmaganman”, - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi doirasida “Liverpul”ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar